Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

    Joriy yilning 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda faxriy mehmonlar, universitet rahbariyati, JIDU professor-o‘qituvchilari va  talabalar ishtirok etdi.

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev tantanali tadbirni ochib, yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi, barchaga muvaffaqiyat, baxt, sog‘lik, farovonlik va bahorgi kayfiyat tiladi.

    Nafis bezatilgan universitet hududida barcha fakultet o‘qituvchilari va talabalari, JIDU akademik litseyi o‘quvchilari yurtimiz viloyatlari namoyish etilgan va tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan milliy taomlar bilan dasturxonlarni bezatdilar. Barchaga an’anaviy sumalak va bayromona osh tortildi.

    Bayram doirasida sport musobaqalari, shuningdek, rang-barang konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, unda JIDU talabalari o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar – qo‘shiq kuyladi, raqsga tushdi, she’r o‘qidi.

    Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati kitob-albomlari ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.