JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Shwetsiyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekiston Respublikasining Shwetsiyadagi elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Shvetsiyadagi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Raxmatulla Nurimbetov bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, JIDU Akademik litseyi direktori Oydin Mannopova, JIDU qoshidagi Diplomatik akademiya vakili, «Jahon iqtisodiyoti va menejment», «Xalqaro munosabatlar», «Xalqaro huquq» va «Executive Education» fakultetlari dekanlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim va Xalqaro akademik hamkorlik ofisi rahbarlari, shuningdek kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida A.Umarov JIDU va Shvetsiya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, va ushbu davlatning tahliliy markazlari bilan aloqa o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishni aytib o‘tdi. Shu bilan birga, birinchi prorektor JIDU hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi R.Nurimbetov takliflarni qo’llab-quvvatladi, hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni qayd etib, elchixona JIDU tashabbuslarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.
Muzokaralar davomida Shvetsiya universitetlari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikdagi qo’shma loyihalar imkoniyatlari, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini tashkil qilish va JIDU dars hamda tadqiqot jarayonlariga shved professorlarini jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar shved ta’lim va ilmiy jamiyatlari bilan o‘zaro akademik aloqalani mustahkamlash maqsadida JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi elchihonasi o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishishdi.