Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi
Joriy yilning 21-noyabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi yosh olimlar nigohida: iqtisodiyot, siyosat va huquq” mavzusida xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Nugmanov, JIDU Yosh olimlar kengashi raisi M.Abdullayeva, JIDU doktorantlari, magistrantlari va bakalavr talabalari ishtirok etdilar.
Mazkur konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga mo‘ljallangan Strategiyasida iqtisodiyot, siyosat va huquq sohalaridagi dolzarb mavzular yuzasidan fikr, kasbiy tajriba va bilim almashishdan iborat bo‘ldi. Unda, global siyosatda O‘zbekistonning oshib borayotgan o‘rni, O‘zbekiston iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan investitsiyalar, energetika sohalari bo‘yicha, hamda O‘zbekistonning huquqiy sohasidagi axborot xavfsizligi, parlamentarizm va shu kabi davlat sohalarini rivojlantirish yuzasidan fikrlar, tajribalar almashildi. Shuningdek, konferensiya yakunida bunday tashabbuslarni yanada ko‘paytirish ishlariga kelishildi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy tezislari to‘plami nashr qilinadi.