JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi
JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar Olima ayollar uyushmasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda’’ mavzusida vebinar tashkil etildi.
Olima ayollar mehnatini e’tirof etish, yosh izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ilm-fanga keng jalb qilish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda JIDU professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva so‘z olib, yurtimiz xotin-qizlarining jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Yangi O‘zbekiston ayollari nafaqat oilada, balki mamlakat hayotining turli jabhalarida ibrat bo‘lib kelayotgani e’tirof etildi.
JIDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi E’tibor Sultanova qizlar tarbiyasida bilim va kasbiy kelajak olg’a surilishi va bilimli ayol jamiyat boyligi hamda quvvati ekanligi hamda xotin-qizlarning ilm-fan rivojidagi o‘rni, erishayotgan yutuqlari haqida alohida ta’kidladi.
Vebinar doirasida bir qator taniqli olimlar dolzarb mavzularda ma'ruzalar qildilar.
Sana: | 22.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 299 |
Ulashish: |