Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilariga medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilariga medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilarini oltin va kumush medallar, a’lo darajali diplomlar bilan taqdirlash marosimi boʻlib otdi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va JIDU rahbarlari, o‘qituvchilar, litsey bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kirish so‘zi bilan ochib, litsey bitiruvchilarini qutladi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda litsey tubdan o‘zgarib, o‘qitish metodikasi va jihozlanishi bo‘yicha ham yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
– Bugungi kunda JIDU qoshidagi akademik litsey haqli ravishda O‘zbekistondagi eng samarali ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Biz uning eng yaxshi bitiruvchilarini universitetimiz devorlarida kutamiz. Ishonchimiz komilki, bu maqsadli va iqtidorli yoshlar kelajakda mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda munosib himoya qiladigan yuqori malakali mutaxassislar, yorqin diplomatlar bo‘lib yetishadi, – dedi S.Safoyev.
Litsey bitiruvchilarini Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev tabriklab, erishayotgan muvaffaqiyatlarda ota-onalarning hissasi katta ekanini ta’kidladi.
Bitiruvchilar va ularning ota-onalari ta’lim muassasasi rahbariyati va barcha ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Marosimda litseyning 12 nafar bitiruvchisiga oltin medal, 8 nafariga kumush, 49 nafariga a’lo darajadagi diplomlar topshirildi.
Sana: | 12.06.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2747 |
Ulashish: |