C5+1 Sammiti: Markaziy Osiyo va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

C5+1 Sammiti: Markaziy Osiyo va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

    C5+1 Sammiti: Markaziy Osiyo va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

    C5+1 Sammiti: Markaziy Osiyo va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

    Davlatimiz rahbarining keyingi haftadagi АQShga tashrifi siyosiy uchrashuvlarga boy bo‘ladi. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Prezidentimizning nutq so‘zlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, tashrif davomida joriy yilning 19-20-sentabr kunlarida Аmerika Prezidentining taklifiga binoan o‘tkaziladigan C5+1 formatidagi АQSh + Markaziy Osiyo sammiti rejalashtirilgan. Bu voqeani mintaqaning doimiy geosiyosiy ahamiyatini kasb etishining yorqin tasdig‘i sifatida ko‘rishimiz mumkin.

    C5+1 muloqot platformasi 2015-yilda Samarqand shahrida yo‘lga qo‘yilib, Markaziy Osiyo davlatlari va АQSh o‘rtasidagi hamkorlikning umumiy masalalarini hal etish uchun yaratilgan diplomatik muloqot platformasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha 10dan ziyod vazirlar darajasida yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Bo‘lajak uchrashuvning muhimligi shundaki, АQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari darajasida birinchi marta o‘tkazililishidir.

    Navbatdagi C5+1 sammiti dunyoning yetakchi mamlakatlarining mintaqaga qiziqish ortishining yorqin namunasi bo‘lib, uning global munosabatlarni shakllantirishdagi muhim rolini taʼkidlaydi. Darhaqiqat, o‘tgan yili Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik va xorijiy tashkilotlar bilan koʼp tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan sammitlar va iqtisodiy forumlar kabi ko‘plab tadbirlarning epitsentri bo‘ldi. АQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, joriy sammitning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyoda farovon va xavfsiz mintaqani yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

    Sammit doirasida o‘tkaziladigan muloqotlar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar ochib berishi kutilmoqda. АQShning Markaziy Osiyoga iqtisodiy sarmoyalarini qayta tiklash uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Joriy yilning mart oyida АQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurdi, bu АQSh davlat kotibining uch yildan ortiq vaqt ichida birinchi shaxsan tashrifi bo‘ldi. Qozog‘istondagi C5+1 tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuvda АQSh ushbu mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yahlitligiga sodiqligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Bayden Аdministratsiyasi Markaziy Osiyodagi iqtisodiy barqarorlik tashabbusiga (ERICEN) qo‘shimcha 20 million АQSh dollari mablag‘i ajratishi hamda 50 million АQSh dollariga yetkazishini eʼlon qildi. Bundan tashqari, АQSh xususiy sektori ham Markaziy Osiyoga ko‘plab sarmoya kiritmoqda. АQSh Davlat departamentining xabar berishicha, xususiy sektor mintaqadagi tijorat korxonalariga 31 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

    Ekspertlar fikricha, navbatdagi C5+1 muloqotida Аfg‘on inqirozini hal etish va gumanitar yordam ko‘rsatish yuzasidan ham fikrlar almashiniladi. АQSh tahlilchilari ko‘ra, mazkur sammit ishtirokchilari orasida Аfg‘oniston omilining mintaqaviy xavfsizligini taʼminlash va mamlakatda mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha muhokamalari bo‘lib o‘tadi.

    Shuni taʼkidlash joizki, mamlakatimizdagi tizimli islohotlar O‘zbekiston va АQSh o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekistonning АQShdagi elchisi Furqat Siddiqovning so‘zlariga ko‘ra, АQSh Prezidenti Jo Baydenning C5+1 sammiti arafasida Mirziyoevga yo‘llagan maktubida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston va АQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishning dalili sifatida taʼkidlanadi. Bayden savdo va sarmoyaviy aloqalar, xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni mustahkamlash va mintaqaviy muammolarni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali mustahkamlangan strategik sherikligimizni taʼkidladi. Har yili o‘tkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar yaqin hamkorlikka ko‘maklashuvchi strategik sheriklik muloqoti darajasiga ko‘tarildi. Bu yil yuqori martabali delegatsiyalarning 20 dan ortiq o‘zaro tashriflarini, shuningdek, 150 dan ortiq idoralararo tashriflarigi amalga oshirlganligi taʼkidlash joiz.

    Shu maʼnoda sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan hamkorlik uchrashuvi ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq muhim masalalarga doir umumiy yondashuvlarni belgilash, ayni yo‘nalishda samarali mexanizm ishlab chiqish imkonini yaratishiga ishonchimiz komil.

     

    Fazliddin DJAMALOV,

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi
    Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti
    Amerikani oʻrganish markazi yetakchi ilmiy xodimi 

    Dilmurod DILMURODOV,

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
    4-bosqich talabasi