JIDUda “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 17-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlar maxsus bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugining Chirchiq harbiy havo desanti qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining ofitserlar tarkibi  hamda JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

    Tadbirni JIDU o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov ochib berib, barchani O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni  bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. U ushbu sana yurtimizning milliy suvereniteti, barqarorligini saqlash yo‘lidagi fidoiylikni, mardlikni ramzi sifatida xalqimiz tomonidan katta hurmat va extirom bilan doim yodga olinadi deb ta’kidladi.

    Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatanni asrash, vatanparvarlik mavzusining ahamiyatini aks ettiruvchi turli sahna ko‘rinishlari tayyorlandi. Shuningdek, dasturda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etgan ofitserlar ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar harbiy orkestr, faxriy qorovul ijrosi, qo‘l jangi bo‘yicha qiziqarli namoyishlarni tomosha qilishdi.

    Shuningdek, Universitet hududida zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashda qurolli kuchlarning ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi. Yoshlar va armiya vakillari o‘rtasidagi bunday muloqot vatanparvarlik, Vatan xizmatchilariga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.

    Tadbir yakunida Universitet talabalarida daxldorlik hissini kuchaytirish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, yosh avlodga milliy qadriyatlar va an’analarimizni chuqurroq singdirib borish va o‘qish, o‘rganishdan manfaatdorligini yanada oshirish maqsadida “Eng faol yil talabasi - 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi gʻoliblari taqdirlanishdi.

    Tadbir do‘stona muloqot va Vatanni himoya qilishning ahamiyati haqida fikr almashish bilan yakunlandi va bu barcha yig‘ilganlarning hamjihatligi va hamjihatligining yorqin namunasi bo‘ldi.