Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida fors tili bo‘yicha notiqlik tanlovi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida fors tili bo‘yicha notiqlik tanlovi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fors tilida notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda universitetning Fors tilini o‘rganayotgan 2 va 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tanlov uch qismdan iborat bo‘ldi: fors tilidagi chiqishlar, o‘rganilayotgan til mamlakati tarixi, geografiyasi va madaniyati bo‘yicha testlarga javoblar. Ijodiy qismida ishtirokchilar fors tilida so‘zlashuvchi xalqlarning she’r, qo‘shiq va raqslarini ijro etish bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar.
Hakamlar hay’ati tarkibiga Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fors tili o‘qituvchilari va fors tilida so‘zlashuvchi ko‘ngillilar kirdi.
Tanlovda 3-bosqich talabalari Azizbek Rustamov, Sarvar Po‘latov va Marjona Turg‘unova g‘olib deb topildi. 2-bosqich talabalari o‘rtasida Sayfulla Abiyorov, Sheroz Xolov, Noilastali Pardayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.