JIDUda Malaysia Sains Universiti Professorining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda Malaysia Sains Universiti Professorining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mashhur olim, Malaysia Sains Universiti Professori Dato Sri Daing Nasir Ibrahim “Sanoat inqilobi 4.0 davrida ta'limda samarali boshqaruv” mavzusida ma’ruza qildi. Unda JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Ma’ruzada Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy jihatlaridan biri sifatida ta’limning muhim ahamiyat kasb etishi, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida ta’limni rivojlantirish va uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari haqida fikr bildirildi. Shuningdek, bu borada Malayziya tajribasi bilan bo’lishildi. Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari va mazkur jarayonlarda talabalarning bilim va salohiyatlarini oshirish dolzarbligi asoslab berildi.
Sanoat inqilobi davrida fan va texnika taraqqiyoti inson salohiyatidan unumli foydalanishni taqozo etadi. Bunda ta’limni isloh qilish uning jozibadorligini va imkoniyatliligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi jahon tajribasi misolida asoslab berildi.
Sana: | 21.12.2024 |
Ko'rganlar soni: | 80 |
Ulashish: |