Sodiq Safoyev O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv o‘tkazdi

Sodiq Safoyev O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Sodiq Safoyev O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Sodiq Safoyev O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Joriy yilning 5-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev 9-iyul kuni muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan “Agrotec Handels Gmbh” investitsiya kompaniyasi prezidenti va O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli Boris Kandov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Suhbat chog‘ida mehmonga Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi va yangilangan Konstitutsiya doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizda navbatdan tashqari Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish haqida maʼlumot berildi.

    B.Kandov muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik izhor qilib, uning muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirdi: “Quyoshli va mehmondo‘st O‘zbekistonga yana tashrif buyurish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Albatta, bugun mamlakatingiz jahon hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib, bu davlatning xalqaro maydondagi roli tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Ishonchim komilki, bo‘lajak Prezident saylovi xalqaro normalar va demokratik tamoyillar asosida yuqori tashkiliy saviyada o‘tadi”.

    Mehmon mamlakat rahbariyatining millatlararo va mintaqalararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining birligi va jipsligini taʼminlash borasidagi mutanosib siyosatini taʼkidlab o‘tdi.

    Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston bilan Avstriya o‘rtasidagi savdo, investitsiyalar, og‘ir sanoat, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm kabi muhim sohalardagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

    Mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.