JIDUda Rejep Tayyip Erdog‘an Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Rejep Tayyip Erdog‘an Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 17-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rejep Tayyip Erdog‘an Universiteti (RTEU) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, turk delegatsiyasi tomonidan Universitet rektori, professor Yusuf Yilmaz hamda rektor maslahatchisi, professor Orxon Kemal ishtirok etdilar.
JIDU tomonidan Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Umarov, Roman-german tillari kafedrasi mudiri V. Mamatkasimova, turk tili o‘qituvchisi
X. Imamova va xalqaro akademik hamkorlik ofisi boshlig‘i G. Mirxalilova ishtirok etdi.
Uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatini berdi. Tomonlar akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot tashabbuslari va til ta’limi hamda madaniy anglashuv sohalaridagi hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
RTEU delegatsiyasi turkiy tillar, shuningdek, Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi siymolarning madaniy merosini o’rganish bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. O‘z o‘rnida, JIDU turk Tomoni bilan qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.