
JIDU rektori va barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro forum ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDU rektori va barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan xalqaro forum ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filialida 2024-yilda barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi ishtirokchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
S. Safoyev o‘z nutqida yoshlarning barqaror rivojlanishdagi ishtiroki va bu jarayonda davlat institutlarining o‘rni muhimligini ta’kidladi.
U barqaror rivojlanishning global maqsadlariga to‘liq mos keladigan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatning asosiy yutuqlari orasida qashshoqlik darajasini pasaytirish, ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va ularga batafsil javoblar oldilar.