Xalqaro kuzatuvchi saylov jarayonlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini alohida eʼtirof etdi
Xalqaro kuzatuvchi saylov jarayonlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini alohida eʼtirof etdi
Bugun, 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosatni o‘rganish instituti boshqaruvi raisi Bolat Nurgaliyev bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ko‘p qirrali hamkorlik aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan B.Nurgaliyevga so‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, yaratilgan yangi imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, taʼlim tizimini rivojlantirish borasida davlat o‘z zimmasiga olgan katta masʼuliyatlar, ularning yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgani yaqindan tanishtirildi.
O‘z navbatida, xalqaro kuzatuvchi saylov jarayonlari davomida ko‘plab masʼullar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, saylov uchastkalaridagi tanishuvlaridan kelib chiqib, mazkur siyosiy tadbirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini eʼtirof etdi.
Shuningdek, uchrashuvda taʼlim tizimidagi hamkorlik, xalq diplomatiyasini rivojlantirish, ikki mamlakat uchun global bo‘lgan ekologik muammolarni birgalikda hal etish borasidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Sana: | 09.07.2023 |
Ko'rganlar soni: | 3134 |
Ulashish: |