JIDU vakillari Erasmus+ HWCA loyihasi bo‘yicha ishchi yig‘ilishda ishtirok etishdi
JIDU vakillari Erasmus+ HWCA loyihasi bo‘yicha ishchi yig‘ilishda ishtirok etishdi
Joriy yilning 17-21-noyabr kunlari Qozog‘iston-Germaniya universitetida (DKU, Olmaota,) Erasmus+ HWCA (Markaziy Osiyoda iqlimga chidamlilik va xavfsizlik uchun suv sektorida oliy ta’limni mustahkamlash) loyihasi koordinatorlari va ekspertlarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyodagi hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Mirzoumid Hamdamov va Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Suriya To‘rayevalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida quyidagi loyiha ish paketlari bo'yicha asosiy tadbirlar batafsil muhokama qilindi:
• WP2: “Suv resurslarini boshqarish” va “Suv diplomatiyasi” yo'nalishlari bo'yicha yangi o'quv dasturlarini ishlab chiqish.
• WP3: O'qituvchilarning malakasini oshirish va o'qitishning zamonaviy usullarini joriy etish;
• WP4: O'qituvchilar va talabalar o'rtasida ingliz tilini bilish darajasini oshirish;
• WP5: Uzluksiz malaka oshirish va tadqiqotlar uchun mintaqaviy dasturni ishlab chiqish;
• WP6: Akademik mobillikni tashkil etish va loyiha haqida ma'lumot tarqatish.
Uchrashuv ishtirokchilari loyihaning Yevropa va Markaziy Osiyo hamkorlari o‘rtasida Hamkorlik Memorandumini tayyorlash masalasini ham muhokama qildilar.