Sodiq Safoyev AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari bilan uchrashdi
Sodiq Safoyev AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari bilan uchrashdi
Joriy yilning 9-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, “Arnold&Porter Kaye Scholer LLP” xalqaro yuridik firmasining xalqaro siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Tomas Shennon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari hamda bugun bo‘lib o‘tayotgan Prezident saylovi jarayonlari xususida so‘z yuritildi.
Avvalo, mehmonga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, undan ko‘zlangan asosiy maqsad, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga sezilgan ehtiyoj batafsil tushuntirildi.
O‘z navbatida, xalqaro kuzatuvchi sifatida yurtimizda bo‘lib turgan Tomas Shennon saylov uchastkalarida erkin va mustaqil ovoz berishga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilginini taʼkidlab, jarayonlar to‘liq xalqaro huquqiy normalar hamda demokratik tamoyillarga mos ravishda ochiq va shaffof tarzda o‘tayotganini eʼtirof etdi.
Sana: | 09.07.2023 |
Ko'rganlar soni: | 2779 |
Ulashish: |