“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ilk bora boʻlajak diplomatlar ishtirokida keng muhokama qilindi
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ilk bora boʻlajak diplomatlar ishtirokida keng muhokama qilindi
Joriy yilning 9-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlangan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Shaxnoza Joldasova, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri Otabek Sobitov va boshqalar ishtirok etishdi.
Muhokamada kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining tuzilishi, maqsadlari haqida soʻz bordi. Yigʻilganlar strategiyaning yoshlarga oid qismlarini alohida taʼkidladilar.
Sana: | 10.08.2023 |
Ko'rganlar soni: | 3828 |
Ulashish: |