Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fransuz tili bayrami o‘tkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fransuz tili bayrami o‘tkazildi
Joriy yilning 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida navbatdagi Fransuz tili bayrami bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari, Fransiya alyansi rahbariyati va Campus France vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusufjonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlar va talabalarni qutlab, fransuz tilining muhimligini alohida ta’kidladi. Ushbu qutlov so‘zidan so‘ng yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 31 yilligiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir dasturi viktorina shaklida interfaol o‘yinlarga boy bo‘lib, unda talabalarning chiqishlari joy olgan bo‘lib, jonli ijrodagi an’anaviy va estrada fransuz qo‘shiqlari, an’anaviy Belgiya raqsi, Ispaniya raqsi va nihoyat, zamonaviy fransuz raqsi o‘rin oldi.
Tadbir yuqori saviyada o‘tdi, bu esa fransuz tiliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning isboti bo‘ldi.