ARGOS vakili va JIDU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ARGOS vakili va JIDU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    ARGOS vakili va JIDU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    ARGOS vakili va JIDU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) departament mudiri o‘rinbosari Shuxrat Abduraxmanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda SH.Abduraxmanov talabalarga O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida so‘zlab berdi.

    Ochiq muloqot davomida talabalar tomonidan ARGOS faoliyati, davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish mexanizmlari, shuningdek, yosh mutaxassislarning davlat xizmatidagi martaba imkoniyatlari haqidagi savollariga javob berildi.