JIDUda Sirakuz universitetining Maksvell maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Sirakuz universitetining Maksvell maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Sirakuz universitetining Maksvell maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Sirakuz universitetining Maksvell maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 19-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning Sirakuz universiteti Maksvell maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibiga Tezlashtirilgan ta’lim va global hamkorlik, Oliy bochqaruv ta’limi bo’limi direktori Deniel Nelson hamda Davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar professori, To‘qnashuvlar va hamkorlik tadqiqotlari dasturi (PARCC) direktori, Kempbell institutlari va avtonom tizimlar siyosatining katta ilmiy xodimi Tina Nabatchi kirdi.

    JIDU tomonidan uchrashuvda Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor – A. Umarov, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari – Sh. Ahmedov, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani – Sh. Arapov, Siyosatshunoslik kafedrasi professori – M. Abdullayeva, “Executive Education” fakulteti va Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari qatnashdi.

    Uchrashuv avvalida mehmonlarga JIDU faoliyati, mavjud ta’lim va tadqiqot dasturlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlar “Executive Education” fakultetining missiyasi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturlar va treninglar bilan tanishtirildi.

    Uchrashuvda JIDU tomonidan talabalar va professorlarning mobilligi, qo‘shma tadqiqot dasturlarini tashkil etish, Maksvell maktabi professorlarini Universitet ta’lim jarayonlariga jalb qilish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun muntazam aloqalar o‘rnatish taklif etildi.

    Uchrashuv yakunida Sirakuz universiteti delegatsiyasi iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini yuqori baholadi. Tomonlar hamkorlik doirasida kelgusi qadamlarni muhokama qilish va ta’lim dasturlarini rivojlantirish, tadqiqot faoliyati va tajriba almashishga qaratilgan aniq tashabbuslarni amalga oshirish istagini bildirdilar.