Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi
Joriy yilning 4-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Olima” ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbiri jamiyatimizning faol va iste’dodli ayollari ishtirokida o‘tdi. Har bir ishtirokchi dilni ilhomlantiruvchi va bayramona shukuhni his etdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev mehmonlarga qutlov tabrigi bilan murojaat qildi.
S.Safoyev zamonaviy dunyoda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligi, nozik hilqat vakillari nafaqat o‘zlarini iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va boshqa sohalarda ijobiy va ijodiy energiyalarini sarflamoqdalar, balki ushbu sohalarni rivojlantirish tendensiyalarining shakllanishiga salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Toshkent shahar “Olima” ayol olimlar uyushmasi raisi E.Sultonova o‘z nutqida mamlakatimizning barcha sohalarida kuzatilayotgan tub o‘zgarishlarda xotin-qizlarning ahamiyati va ishtirokini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish haqida gapirib o‘tdi. U SHHT doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda ushbu mamlakatlar rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydigan ayollar tashkilotlari ishtirokisiz tasavvur etish mumkin emasligini ta’kidladi.
Bayram dasturining badiiy qismida “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat kamer orkestri ijrosida xalqimiz boy madaniy merosi, O‘zbekistonda hukm surayotgan do‘stlik, tinchlik va farovonlikni tarannum etgan kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi. Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar va gullar topshirildi.