JIDU vakili gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

JIDU vakili gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakili gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakili gender zo‘ravonligiga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Xotin qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishda faollik ko‘rsating” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, professor E’tibor Sultonova ishtirok etdi.

    Forumda BMT vakillari Sabina Mahl, Nigina Abaszade va Cheren Guven Guresh, senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, olimlar, xalqaro ekspertlar, faollar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

    Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ochdi.

    So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlarining idoralararo hamkorligi borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini bir ovozdan ta’kidladilar. Zo‘ravonlikning oldini olishda huquq-tartibot idoralari, psixologik markazlar faol ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.

    Spikerlar xotin-qizlarning bilim olishiularning bandligini taminlashtadbirkorlikka komaklashishga alohida etibor qaratdi.

    Taʼkidlanganidek, Milliy ijtimoiy himoya agentligi profilaktika xizmati xodimlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitadi.

    BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb e’lon qilindi. 

    Shu munosabat bilan har yili 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar butun dunyoda, jumladan, mamlakatimizda “Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.