Bobur merosi – bebaho xazina

Bobur merosi – bebaho xazina

    Bobur merosi – bebaho xazina

    Bobur merosi – bebaho xazina

    Joriy yilning 21-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligiga bag‘ishlangan «Bobur merosi – bebaho xazina» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

     Tadbirda O’zbekiston Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori A.Eshniyazova, Boburiylar avlodi namoyandasi Z.Mavlanov, JIDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalari va Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.

    So‘zga chiqqanlar buyuk shoir hayoti, ijodi,  yirik davlat arbobi sifatidagi olib borgan siyosati, bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berishdi.  Asosiy e’tibor Bobur ijodiy merosining yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatini yoritishga qaratidi.

    Tadbir doirasida talabalar va o‘quvchi yoshlar tomonidan Bobur ijodidan g‘azallar oʻqildi, adib hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etildi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro qilindi. Ayniqsa mahorat bilan ijro etilgan Bobur va Xonzoda monologi ishtirokchilarning olqishlariga sazovor boʻlib, katta taʼsurot qoldirdi.