JIDU vakillari “Universitetlarda ekologik tashabbuslarni amalga oshirish: muvaffaqiyatli tajriba va rivojlanish” forumida ishtirok etishdi
JIDU vakillari “Universitetlarda ekologik tashabbuslarni amalga oshirish: muvaffaqiyatli tajriba va rivojlanish” forumida ishtirok etishdi
Joriy yilning 11-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari “Universitetlarda ekologik tashabbuslarni amalga oshirish: muvaffaqiyatli tajriba va rivojlanish” forumida ishtirok etishdi.
Fan va taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi Ziyo Forum, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi xalqaro gumanitar hamkorlik boʻyicha federal agentlik (Rossotrudnichestvo), EKO va Yashil Universitetlar Hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumda JIDU talabasi Muslima Hakimova “Ekologik ko'ngillilik tajribasi va Girls Go Green Asia-Pacific dasturida ishtirok etish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb, barchani mulohaza yuritishga chorlovchi muammolardan biriga aylandi. O‘tgan asrning oxiriga kelib inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muvozanatining buzilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat keskin o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BRMning indikatorlarini amalga oshirish yuzasidan ham harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan va unga muvofiq dasturiy ishlar amalga oshirilishi ham BRM indikatorlarida belgilangan ustuvor yo'nalishni taqozo etadi.
BRM indikatorlari ijrosi milliy va mintaqaviy rivojlantirish strategiyalari va dasturlariga, shu jumladan, O'zbekistonning 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasiga kiritilgan. Hozirgi vaqtda BRM maqsadlari va indikatorlari 190 dan ortiq strategik hujjatlar, tarmoq va hududiy dasturlarga kiritilgan. JIDU kafedralari kesimida ham uning ijrosi yuzasidan muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda.
Sana: | 11.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 357 |
Ulashish: |