“Zakovat” intellektual olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
“Zakovat” intellektual olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 17-20-dekabr kunlari Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada Respublika bosqichida turli hududlardan kelgan 50 ta eng kuchli talaba jamoalari g‘oliblik uchun bellashadi.
Olimpiadaning yopilish marosimi doirasida “Breyn-ring” final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Breyn-ring turniri yakuniy natijalari:
1-o‘rin: Namangan davlat universiteti
2-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti
G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 100 million so‘m;
2-o‘rin: 60 million so‘m;
3-o‘rin: 40 million so‘m.