
JIDU jamoasi Jessup Moot milliy raundlarida ishtirok etdi
JIDU jamoasi Jessup Moot milliy raundlarida ishtirok etdi

Joriy yilning 14-17-fevral kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition – 2025” nomli xalqaro tanlovining milliy raundlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Mehriniso Jumanazarova, Madinabonu Karimkulova, Gulbaxar Jalg‘asbayeva hamda Sevinch Ismoilovadan iborat “UWED Jessup” jamoasi munosib ishtirok etishdi. Jamoaga "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi dotsenti Surayyo Usmanova murabbiylik qildi.
Milliy raundlar doirasida JIDU jamoasi Toshkent davlat yuridik universiteti, Westminster xalqaro universiteti va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoalari bilan bellashdi. Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition – 2025” musobaqasi xalqaro huquq sohasidagi eng katta va nufuzli tanlov bo‘lib, unda 100 ga yaqin mamlakatdan 700 dan ortiq universitet jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa qatnashchilariga xalqaro huquq sohasida amaliy tajriba orttirish, huquqiy tahlil va sud muhokamasi ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.