JIDUda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 30 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov JIDU professor-o‘qituvchilari va butun jamoasini bayram bilan tabrikladi.  Bayram munosabati bilan faol va samarali mehnati bilan alohida e’tirof etilgan 13 nafar o‘qituvchi va murabbiylarga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirildi.

    Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tashqi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun universitetning bir qator xodimlariga diplomatik martaba berildi.

    Bayram tadbirida “Ibrat” badiiy filmida bosh rollarni ijro etgan rejissor va aktyorlar ishtirok etdi. O‘zbek shoiri, tarixchi, tilshunos va sayohatchi Ishoqxon Ibrat hayoti va ijodi tarixiga bag‘ishlangan filmning rejissori Jahongir Qosimov tasvirga olish ishlari qanday olib borilgani haqida so‘zlab berdi.

    Keyin bayram dasturining unutilmas yakuniga aylangan film namoyish etildi.