JIDUda O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi vakili bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur onlayn uchrashuvda YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi vakili birinchi darajali kotib – Kadirov Bexruz va JIDUning Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar, Xalqaro munosabatlar, Siyosatshunoslik, Xalqaro moliya va investitsiyalar, Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar, Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedralari professor-o’qituvchilari, o’quv bo’limi boshlig’i va xalqaro bo’lim boshlig’i ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikning qator yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Jumldan, YUNESKO tashkilotini universitetlardagi YUNESKO kafedralari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hammualliflikda nashrlar qilish, umumiy va muvofiq yo‘nalishlarda malaka oshirish dastrurlarini tashkil qilish masalalari, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalar, mahorat darslari, davra suhbatlari o’tkazish, JIDU kutubxonasini boyitish maqsadida vakolatxona tomonidan universitetga taqdim etiladigan adabiyotlar bo‘yicha muhokama bo‘lib o’tdi va muhokama qilingan masalalar haqidagi chora-tadbirlar kelishib olindi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi vakillari yuqorida qayd etilgan dasturlarni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishlarini aytib o‘tdilar.
O‘ylaymizki, bu turdagi uchrashuvlar davlatlar o‘rtasidagi ilm-fan va taʼlim yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.