
JIDUda “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” nomli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” nomli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 11-fevral - Хаlqаrо ilm-fаn sohasidagi ауоllar va qizlаr kuni munosabati bilan “Ilmli ауоl - jаmiуаt kо‘zgusi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Hindiston elchixonasi vakillari, xalqaro va mahalliy Oliy o‘quv yurtlari olimalari, xotin-qizlar maslaxat kengashi raislari, “Lider qizlar” klublarining a’zolari, tadbirkor ayol uyushmasi vakillari, shuningdek, JIDU professor-o‘qituvchilari, talabalari va doktorantlari ishtirok etishdi.
Anjumanda JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismoilova nutq so‘zlab, Birlashgan Millatlar tashkiloti o‘zining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish kontekstida gender tengligiga alohida ahamiyat berishini aytib o‘tdi.
“Ayni paytda O‘zbekiston ilmiy sohada ilg’or pozitsiyalarni egallaydi va mamlakatimiz ilm-fanidagi ayollarning ulushi 48 foizni tashkil etadi”, deya ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekistonda xotin-qizlarga doir davlat siyosati, ayniqsa ularni qo‘llab quvvatlash yuzasidan ilmiy faoliyatga, tadbirkorlikka jalb etish borasidagi imtiyozlar, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladigan tajribalar keng muxokama qilindi. Jumladan, Finlandiya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Korea kabi davlatlardagi berilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.