JIDU talabalari Nippon Foundation loyihasi doirasidagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun taqdirlandilar

    Joriy yilning 6-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Advanced Theories of International Relations”' va “Introduction to sustainability sciences” kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o'tdi.

    Ushbu kurslar JIDU tomonidan Yapon va Yevroosiyo tadqiqotlari bo‘yicha maxsus dastur hamda  Markaziy Osiyo va Yaponiyada inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan Nippon Foundation loyihasi doirasida tashkil etildi.

    Darslar 2024 yilning 1-sentabridan 2025 yilning 15-yanvariga qadar o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlari Yaponiyaning Tsukuba universiteti professorlari Timur Dadabaev va Nigora Jalilova tomonidan olib borildi.

    Kurslarni muvaffaqiyatli o‘tganlar orasida Xalqaro munosabatlar fakultetining 45 nafar talabasi va Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 23 nafar talabasi bor. Ularga o‘zlarining yutuqlari va kurs materiallarini o‘zlashtirganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi, bu ularning barqaror rivojlanish va xalqaro munosabatlar bo‘yicha ta’lim va kasbiy rivojlanishidagi muhim qadamdir.