
JIDU vakili ayollar rahbarligi to‘g‘risida o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi
JIDU vakili ayollar rahbarligi to‘g‘risida o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi

Joriy yilning 7-fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Rahbar ayol imidjini shakllantirish: tajribalar va muhim omillar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori, Toshkent shahar “Olima” ayollar uyushmasi raisi E’tibor Sultanova, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti “O‘zbek tili, sport va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, ko‘p yillik pedagogik tajriba sohibasi Mahmuda Dehqonova, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti, yosh olima va innovator Maftunaxon Xakimzodalar mehmon sifatida ishtirok etib o‘zlarining boy tajribalari, hayotiy misollar va amaliy maslahatlarini baham ko‘rishdi.
Tadbirda Zamonaviy rahbar ayol qanday bo‘lishi kerak? Ayol rahbarning samarali boshqaruv uslubi qanday? Professional imidj qanday shakllantiriladi? kabi savollarga atroflicha yechimlar topildi. Shuningdek, zamonaviy rahbar ayolning asosiy fazilatlari, professional imijni shakllantirish sirlari, xalqaro tajribalar tahlili, ayol rahbarlarning jamiyatdagi o‘rni, liderlik va kommunikatsiya ko‘nikmalari hamda muvaffaqiyat formulasi haqida so‘z yuritildi.