Sodiq Safoyev Ozarbayjon diasporasi bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
Sodiq Safoyev Ozarbayjon diasporasi bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Ozarbayjon diasporasi bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi F.Murodov bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari darajasida yo‘lga qo‘yilgan muntazam muloqot, yetakchilarning mustahkam siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli Toshkent va Baku o‘rtasidagi munosabatlarni keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va juda samarali aloqalar rivojlanib borayotganini, bu jarayonlarda parlament palatalarining roli muhim ekanini qayd etdi.
F.Murodov O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni mustahkamlashga katta ahamiyat berayotgani, O‘zbekistonda Ozarbayjon diasporasini rivojlantirish, xususan, ozarbayjon madaniyati va an’analarini asrab-avaylash va ularni yuksaltirishga qaratilgan amaliy harakatlari, shuningdek, ozarbayjon tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv so‘nggida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.