Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rossiya Federatsiyasidan kelgan bir guruh olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rossiya Federatsiyasidan kelgan bir guruh olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan ma’ruzachilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda siyosiy fanlar doktori Vladimir Avatkov va Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov ishtirok etdi.
Mehmonlarni Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Sh. Arapov talabalar auditoriyasiga tanishtirdi.
Rossiyalik siyosatshunoslar “Hozirgi bosqichda Turkiya Respublikasining tashqi siyosati” va “Postsovet hududida madaniy hamkorlik” mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar.
Ma’ruza so‘ngida talabalar va professor-o‘qituvchilar turli mamlakatlar siyosati bo‘yicha savollar berib, muhokamada faol ishtirok etdilar.
Yig‘ilish yakunida Sh. Arapov olimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, doimiy ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Ushbu seminar qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lib, barcha ishtirokchilarga zarur bilimlarni taqdim etdi.