JIDUda “Markaziy Osiyo yangilanish yo‘lida: Yevropa Ittifoqining ta’siri» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 12-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Markaziy Osiyo yangilanish yo‘lida: Yevropa Ittifoqining ta’siri» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʻyicha ilgʻor tajriba markazi hamda Qozogiston Respublikasining L.N.Gumilov nomidagi Yevrosiyo Milliy Universiteti qoshidagiYevrosoft” Yevropa tadqiqotlari boʻyicha markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

     Markaziy Osiyo, so‘nggi o‘n yillikda, iqtisodiy va siyosiy islohotlar, barqarorlikni ta’minlash, hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida muhim o‘zgarishlarga yuz tutdi. Ushbu jarayonda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘zining diplomatik, iqtisodiy va madaniy yordamini ko‘rsatib, mintaqada yangi istiqbollarni shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo yangilanishiga ta’siri, ayniqsa, demokratiya, inson huquqlari, iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va ekologiya kabi sohalarda sezilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadiushbu masalalar boyicha ilmiy munozaralar otkazishdan iborat boldi.

    Davra suhbati davomida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaning global maydonda barqaror va farovon rivojlanishini ta’minlashdagiyumshoq kuchining ahamiyati, Kengaytirilgan Sherikchilik va Hamkorlik bitimlarining mohiyati, talim sohasidagi islohotlar, Yevropa Ittifoqi tajribasi misolida raqamlashtirishning qayta tiklanadigan energiyani iste’mol qilish va ishlab chiqarishga ta’siri kabi mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir songgida maruzachilar hamda ishtirokchilar tomonidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining istiqbollari bo‘yicha asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.