JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
2024-yil 24-dekabr kuni Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-kurs talabalari uchun “Siyosiy antropologiya” kursi doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘limining ikkinchi kotibi, shuningdek JIDUning 2015-yil bitiruvchisi Alisher Mirzaliyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar xalqaro munosabatlar sohasidagi zamonaviy nazariy yondashuvlar bilan tanishish va mamlakat Tashqi ishlar vazirligining amaliy faoliyati haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mahorat darsi kelajakdagi siyosatshunoslar uchun qimmatli tajriba bo‘lib, ularning professional rivojlanishiga va xalqaro siyosat sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga yordam berdi.