JIDU prorektori Inson Huquqlari Global Forumida ishtirok etdi
JIDU prorektori Inson Huquqlari Global Forumida ishtirok etdi
Joriy yilning 20-22 iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Inson Huquqlari Global Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailova ishtirok etdi.
Forum doirasida Inson huquqlari global kampusi tarmog‘ida dunyoning yetti mintaqasi (Afrika, Arab dunyosi, Osiyo-Tinch okeani, Kavkaz, Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Janubi-Sharqiy Yevropa) hamda Markaziy Osiyoda ta’sis etilgan tarmoqda JIDUning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, forumda universitetdagi inson huquq va erkinliklari bo‘yicha o‘quv dasturlari tanishtirildi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda JIDUning ishtiroki xalqaro maydonda o‘z brendini yanada ommalashtirish, ko‘plab iqtidorli talabalar va o‘qituvchilarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Inson huquqlari global kampusiga rasmiy vakili sifatida kirishi bo‘yicha kelishuvga asos solindi.