Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

    Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

    Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

    Joriy yilning 16-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari» mavzusida JIDU akademik litsey o‘quvchi qizlari uchun davra suhbati tashkil qilindi.

    Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi  ilmiy-amaliy tibbiy markazi shifokorlari Kamola Ismoilova va Dilbar Axmedova ma‘ruza va taqdimotlar bilan ishtirok etib, o‘quvchi qizlarga fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash va sog‘lom oilani shakllantirish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi uchun mavjud  xatarlar, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida  atroflicha ma’lumotlar berdilar.

    Shifokorlar tomonidan o‘quvchi qizlarga gigiena qoidalariga rioya etilishi zarurligi, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozimligi hususida ko‘rsatmalalar va tavsiyalar  berildi.

    Uchrashuvda oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.