Matematika fanini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokama etildi
Matematika fanini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Matematika fanini oʻqitishning yangicha tendensiyalari” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Seminarda Toshkent shahrida joylashgan akademik litseylarning matematika fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Respublikaning boshqa hududlaridagi o‘qituvchilar Zoom platformasi orqali tadbirni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Seminarda JIDU professori U.Dalaboyev, Toshkent tibbiyot akademiyasi Akademik litseyi o ‘qituvchisi, fizika-matematika fanlar doktori, dotsent A.Amanov, Xaqaro Nordic Universiteti dotsentlari A.Boltayev, X.Sobirov, JIDU akademik litseyi matematika fani o‘qituvchilari M.Eshonova, Sh.Sodiqov, D.Valiyeva, X.Xamidullayevalar bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlar, matematika fanini o‘qitishning dolzarb masalalari hamda samaradorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari haqida qiziqarli ma’ruzalar qilishdi.
Sana: | 01.12.2024 |
Ko'rganlar soni: | 237 |
Ulashish: |