JIDU talabalari “Avlodlar muloqoti” xalqaro forumda ishtirok etishdi
JIDU talabalari “Avlodlar muloqoti” xalqaro forumda ishtirok etishdi
Joriy yilning 14-15 iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Qirg‘iziston Respublikasining Osh shahrida bo‘lib o‘tgan “Avlodlar muloqoti” xalqaro forumida ishtirok etishdi.
Forum davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan ishtirokchilar yoshlar siyosati, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va tadbirkorlik kabi sohalarda fikr, mulohaza va tajriba almashdi.
JIDU 4 va 2-kurs talabalari Bekzod Beknazov, Muslima Hakimova, Rushana Ro‘zimuratova, Shahruz Tolibov, Otabek Asatullaev va Shohrux Qo‘chqorovlar O‘zbekistonda yoshlar siyosati, ikki qo‘shni davlat yoshlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sun'iy intellekt va ekologiya sohalarida ilmiy izlanishlar kabi mavzularda ma’ruza qildilar.