JIDU talabalari Tashqi ishlar vaziri bilan ochiq muloqotda ishtirok etishdi
JIDU talabalari Tashqi ishlar vaziri bilan ochiq muloqotda ishtirok etishdi
Joriy yilning 21-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Tashqi ishlar vaziri B.Saidov bilan iqtidorli yoshlar o'rtasidagi ochiq muloqotda ishtirok etishdi.
Uchrashuvda joriy yilda yoshlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tizimli ishlar va kelgusi yilgi rejalar haqida so'z bordi.
Bugungi tahlikali zamon tashabbuskor, mustaqil va yangicha fikrlovchi, kreativ, keng dunyo qarashli kadrlar zaxiralarini shakllantirishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan O'zbekistonning xorijiy vakolatxonalarida amaliyot o'tagan talabalar va yosh diplomat kadrlarning ochiq, konstruktiv, interaktiv fikr hamda takliflari inobatga olinib, 2025-yilgi rejalar shakllantirildi.
Ta’kidlash joizki, bugungi ishtirokchilaring 44 nafari iqtidorli talabalar bo'lib, joriy yilda Respublikamizning xorijiy vakolatxonalarida amaliyot o'tab kelish baxtiga sazavor bo'lishdi. So'ngi uch yilda elchixona faoliyatida bevosita ishtirok etib qaytgan talabalar soni jami 120 nafarga yetdi. E’tiborlisi, ularning aksariyati hozirda Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuv doirasida vazir yoshlarga bugungi dunyodagi va mintaqadagi holat haqida alohida to'xtaldi. Ochiq muloqot shaklidagi o‘tgan uchrashuvda yoshlar aktiv ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
Sana: | 23.12.2024 |
Ko'rganlar soni: | 325 |
Ulashish: |