JIDUda “Xotin-qizlar davlat strategiyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Xotin-qizlar davlat strategiyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Xotin-qizlar davlat strategiyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Xotin-qizlar davlat strategiyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yotoqxonasida talaba-qizlar uchun “Xotin-qizlar davlat strategiyasida” nomli davra suhbati tashkil qilindi.

    Tadbir JIDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi (rais professor E.Sultanova) hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi o‘qituvchilari A.Juraeva va N.Kushayeva bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Mazkur suhbatga Mirzo Ulug‘bek tumani IIBda ayollar bilan ishlash bo’limi mayor Tamara Molashxiya va JIDU inspektori SH.Boymatov taklif qilindi.

    Davra suhbatida davlatning ayollar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni, dunyo va O‘zbekistonda gender tenglik siyosati, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish, ularning konstitutsion huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, turli mamlakatlarda ayollarning yutuqlari va muammolari, ularning milliy darajadagi yechimi bilan global darajadagi muammolar yechimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, xalqaro huquqiy me’yorlar hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi vazifalar xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

    Mirzo Ulug‘bek tumani IIB vakili tomonidan ayollarning narkomaniya, jinoyatchilik, zo‘ravonlik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy amaliy ko‘nikmalar haqida ma’lumotlar berildi.

    A.O.Juraeva Markaziy va Shimoliy Yevropa davlatlarida ayollar va qizlarning jamiyatdagi o‘rni, yutuqlari, shu bilan birga stereotiplar va mavjud qiyinchiliklar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

     

    N.B.Kushayeva Saudiya Arabistonida ayollar uchun taqdim etilgan imtiyozlar haqida so‘z yuritib, bu imtiyozlar nafaqat an’anaviy sohalar (ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, sport)da, balki yuqori texnologiyalar sohasida ham ayollar ishtirokini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

    Davra suhbati jonli muhokama va savol-javoblarga boy bo‘ldi.