JIDUda O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Lapasov Ulug‘bek Xidirovich bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda «Xalqaro munosabatlar», «Jahon iqtisodiyoti va menejment» fakultetlari dekanlari, shuningdek o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

    Muloqot davomida U.Lapasov diplomatiya sohasida, ayniqsa, ko‘p tomonlama muzokaralar va O‘zbekistonning milliy manfaatlarini global maydonda ilgari surish sohasida o‘zining tajribasi bilan bo‘lishdi. Vakil O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorligi doirasida erishgan muhim natijalari haqida batafsil ma’lumot berib, so‘nggi bir yilda respublikaning takliflari asosida beshta rezolyutsiya qabul qilingani mamlakatning xalqaro maydondagi tashabbuslari tobora e’tirof etilayotganini tasdiqlayotganini ta’kidladi..

    Uchrashuvning ikkinchi qismida, U.Lapasov talabalarning savollariga alohida e’tibor qaratib, kelgusida diplomatik karyera qurishga intilayoganlar uchun muhim amaliy maslahatlar berib o‘tdi. Jumladan, Vakil o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib, diplomatiya sohasida ishlash, xalqaro tashkilotlardagi diplomatlarga hos bo‘lgan asosiy fazilatlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalarida ish yurutish jihatlarini tushuntirib berdi.

    Uchrashuv yakunida JIDU va O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi Doimiy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, xalqaro munosabatlarning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qo‘shimcha ma‘ruzalar va seminarlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.