
JIDU va Xitoy-Marokash Yoshlar Ligasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
JIDU va Xitoy-Marokash Yoshlar Ligasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Joriy yilning 6-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xitoy-Marokash Yoshlar Ligasi prezidenti Nabil Belkass bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni universitet Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova kirish so'zi bilan ochib berdi.
Tashrif davomida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy loyihalarda faol ishtirokini ta'minlashning bir qator masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, JIDU Yoshlar Ittifoqi, Besh muhim tashabbus markazi qoshidagi Talabalar Ilmiy Jamiyati va Xitoy-Marokash Yoshlar Ligasi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy almashuvlarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, innovatsion tashabbuslarni ilgari surish, o‘zaro tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu kelishuv doirasida yoshlar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi, konferensiyalar va seminarlar tashkil etishi, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashishi kutilmoqda.
Sana: | 07.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 547 |
Ulashish: |