JIDUga “Yangi O‘zbekiston” – “Pravda Vostoka” gazetalari jurnalistlari tashrif buyurishdi
JIDUga “Yangi O‘zbekiston” – “Pravda Vostoka” gazetalari jurnalistlari tashrif buyurishdi
Joriy yilning 11 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yangi O‘zbekiston – Pravda Vostoka” gazetalari rahbariyati va jurnalistlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning yetakchi nashriyot vakillari talabalarga gazetalarning shakllanish tarixi, ularning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Bosh muharrir o‘rinbosari Abubakir O‘razov tahririyat tomonidan media konvergentsiyasi samarali amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berdi. “Matn+foto+QR kod” formatidagi nashrlarni gazetalarning deyarli har bir sonida, shuningdek, nashr jurnalistlari tomonidan tayyorlangan videokliplarni topish mumkin.
Tahririyatning www.yuz.uz rasmiy sayti, Telegram kanali, Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa mamlakatlarni qamrab olgan katta auditoriyaga ega.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasi muharriri Xayriddinmurod Abulfayzov tomonidan maqolalar tayyorlash, kerakli materiallarni to‘plash, faktlarni tahrirlash va tekshirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Uchrashuv so‘ngida jurnalistlar talabalarning ko‘plab savollariga javob berib, ularni hamkorlikka taklif qilishdi.