JIDU talabalari Yaponiyada choy ichish an’analari bilan tanishdilar
JIDU talabalari Yaponiyada choy ichish an’analari bilan tanishdilar
Joriy yilning 9-oktabr kuni JIDU Sharq tillari kafedrasida Xitotsubashi universiteti (Yaponiya) talabasi ishtirokida talabalarni Yaponiyadagi choy ichish an’analari bilan tanishtiruvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar an’anaviy yapon choyining bir nechta navlarini tatib ko‘rish, uni tayyorlash qoidalari bilan tanishish, shuningdek, Yaponiyada choy ichish an’anasining kelib chiqish tarixini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ma’lumot uchun, Yaponiyada choy ichish butun bir marosim bo‘lib, unda har bir tafsilot muhim ahamiyatga ega.