Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
Joriy yilning 9 - sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar, talabalar va butun universitet jamoasini yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
S.Safoyev Yangi O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. Universitetlar sonining ortib borayotgani tobora ko‘proq yoshlarga oliy ma’lumot olish orzularini ro‘yobga chiqarish imkonini bermoqda.
Tadbir davomida JIDUga eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalarning nutqi hayajon va shodlikka to‘ldi.
Badiiy qism O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi harbiy orkestr va faxriy qorovulning chiqishlari bilan yakunlandi.
Sana: | 09.09.2024 |
Ko'rganlar soni: | 1151 |
Ulashish: |