Boloniya universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

Boloniya universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Boloniya universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Boloniya universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 25 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Boloniya universiteti (Italiya) rektori Jovanni Molari va dekan Matteo Vittuari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    JIDU tomonidan birinchi prorektor A.Umarov, fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Ismoilova, Roman-german tillari kafedrasi mudiri V.Mamatqosimova va italyan tili o‘qituvchisi M.Madraximovalar ishtirok etdilar.

    Suhbat davomida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, munosabatlarni rivojlantirishda davlat rahbarlarining yaqinda amalga oshirilgan tashriflari muhimligi qayd etildi. Tomonlar JIDU va Boloniya universiteti o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirdilar.

    A.Umarov qo‘shma ilmiy va akademik loyihalarni amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumini tuzishni taklif qildi.

    Italiya delegatsiyasi O‘zbekiston tomonining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va talabalarning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi. Ilmiy va amaliy hamkorlik istiqbollari, jumladan, konferensiyalar, seminarlar va maxsus kurslar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida mehmonlarga JIDU haqida italyan tilida hamda universitetning Italiya universitetlari bilan mavjud ilmiy aloqalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.