Mehr va iliqlik ulashib: JIDU Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi
Mehr va iliqlik ulashib: JIDU Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli Mehribonlik uyiga tashrif uyushtirildi. Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda JIDU talabalari ishtirok etdi.
Tashrif dasturidan o‘rin olgan do‘stona suhbat va shaxmat musobaqalari tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bo‘sh vaqtlarini aqliy faoliyat bilan band etish bolalarga nafaqat yangi bilimlarni o‘rgatish, balki do‘stona muhitda o‘z qobiliyatlarini namoyish etish imkonini berdi. Shahmat musobaqasi yakunida bolalarga kafedra xodimlari tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv chog‘ida iliq, oilaviy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi, kun yakunida shirinliklar ulashildi. Bolalarni faqat noz-ne’matlar emas, balki mehmonlarning samimiy e’tibori, mehribonligi, samimiy tilaklari ham quvontirdi.
Tadbir bir tashrif bilan cheklanmaydi. Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari imkoniyati cheklangan bolalarga o‘zlariga ishonch hissini uyg‘otish, ilhomlantirish orqali ko‘mak berishda davom etadilar. Bu kabi uchrashuvlar tarbiyalanuvchilar uchun ularning qobiliyati va hissalari qadrlanadigan jamiyatga integratsiyalashuvlari tomon tashlangan muhim qadam bo‘ladi.
Mehribonlik uyi xodimlari ko‘makka muhtoj bolalarga e’tibor qaratish naqadar muhimligini ta’kidlab, tashkilotchilarga tashrif uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ularning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, rivojlanishga ilhomlantirish, hatto kelajakda qanday kasbni tanlash haqida o‘ylashga yordam beradi.
Mehribonlik uyi ma’muriyati JIDU bilan hamkorlikni davom etishiga umid bildirdi va bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishni taklif qildi. Ularning fikricha, universitetning tarbiyalanuvchilar hayotida ishtirok etish nafaqat ezgulik belgisi, balki inklyuziv va ochiq jamiyat yaratishga qo‘shilgan hissadir.
Bu kabi tashriflar bolalarga quvonch baxsh etib qolmay, balki yoshlarda qadriyatlarga muhabbat hissini rivojlantirish, ularni ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatga jalb etishga xizmat qiladi. Bunday loyihalar esa avlodlarni bog‘lovchi, jamiyat va uning eng himoyasiz a’zolari o‘rtasida totuvlikni ta’minlaydigan ko‘prikka aylanadi.
JIDU o‘z missiyasi nafaqat ta’lim berish, balki jamiyat hayotida faol ishtirok etish ekanligini namoyish etishda davom etmoqda. Aynan, mana shunday tadbirlar barchaga olamni mehr va yorug‘lik bilan to‘ldiradigan iliqlik, g‘amxo‘rlik va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash muhimligini eslatib turadi.