JIDUda “Diplomatik faoliyatda axborot-tahliliy ish” mavzusida tadbir tashkil etildi

JIDUda “Diplomatik faoliyatda axborot-tahliliy ish” mavzusida tadbir tashkil etildi

    JIDUda “Diplomatik faoliyatda axborot-tahliliy ish” mavzusida tadbir tashkil etildi

    JIDUda “Diplomatik faoliyatda axborot-tahliliy ish” mavzusida tadbir tashkil etildi

    Joriy yilning 22-oktabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlari doirasida tashkil etilgan “Diplomatik faoliyatda axborot-tahliliy ishlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mahorat darsi doirasida qatnashchilarga axborot va tahliliy hujjatlarni tayyorlashning asosiy tamoyillari bilan batafsil tanishtirildi. Shuningdek, tahliliy terminologiyada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar haqida ma’lumot berildi. Diplomatik faoliyat doirasidagi axborot-tahliliy ishning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tahliliy hujjatlar doirasidagi xulosalarga qoʻyiladigan talablar haqida ma’lumot berildi va tahliliy hujjatlarni boshqa tadqiqot materiallaridan ajratib turuvchi asosiy parametrlar tushuntiriladi. Uchrashuv ishtirokchilariga tegishli materiallar, manbalar, adabiyotlar va prezentatsiya taqdim etildi.

    Tadbir davomida faol fikr almashildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mulohazalarini bildirdilar. O‘zaro hamkorlikning bunday formati jahon siyosati va xalqaro munosabatlar jarayonlariga qiziqishni oshirishga xizmat qilishi hamda ishtirokchilarga axborot, tahliliy va tadqiqot hujjatlarini tayyorlash ko‘nikmalarini egallash imkonini berishi ta’kidlandi.

    Dars songida axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash bo'yicha keyingi ishlarni tashkil etish istiqbollari belgilab olindi.