JIDUda suv resurslari va iqlim sohasidagi mintaqaviy hamkorlik muhokama qilindi
JIDUda suv resurslari va iqlim sohasidagi mintaqaviy hamkorlik muhokama qilindi
Joriy yilning 16 avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasining suv resurslari va iqlim oʻzgarishi boʻyicha mintaqaviy maslahatchisi Liza Marina Gampp bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni kirish so‘zi bilan JIDUning o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov ochib, suv diplomatiyasini rivojlantirish va bu yo‘nalishda taʼlim sohasidagi tashabbuslarni rivojlantirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarbligini ta’kidladi.
Tomonlar mintaqada transchegaraviy suvdan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun qo‘shma tadqiqotlar va salohiyatni oshirish dasturlari muhimligini ta’kidladilar. Suv resurslarini barqaror boshqarish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha strategiyalarni integratsiyalashuvi boʻyicha potentsial qoʻshma loyihalar koʻrib chiqildi.