JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentdagi nutqlariga bag‘ishlangan metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentdagi nutqlariga bag‘ishlangan metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentdagi nutqlariga bag‘ishlangan metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentdagi nutqlariga bag‘ishlangan metodologik seminar bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 29-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida so‘zlagan nutqlari va ulardan kelib chiqadigan vazifalar bo‘yicha uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan seminarda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va barcha mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev yig‘ilganlarga davlatimiz rahbarining ma’ruzalarini chuqur tahlil qilib berdi.

    Bu galgi parlament saylovlari yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan birinchi saylov sifatida tarixga kirganini ta’kidladi. Bu jarayon birinchi marta aralash saylov tizimida amalga oshirildi.

    S.Safoyev Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida nafaqat yuqori tashkiliy saviyada o‘tgan va jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lib o‘tgan saylov yakunlarini sarhisob qilish bilan birga, mamlakat, parlament va hukumat oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, parlament va hukumat faoliyatida xalqqa fidokorona xizmat qilish, uning farovonligini yuksaltirishga asoslangan yangicha yondashuvlar davri ekanini aytib o‘tdi. Shu maqsadlarda, birinchi navbatda, keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish ko‘zda tutilgan.

    Davlatimiz rahbarining ma’ruzalarida yoshlar ta’lim va tarbiyasi sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda rektor talabalar ta’limini zamonaviy xalqaro standartlar asosida tashkil etish va talablarga bugungi kunga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida universitet professor-o‘qituvchilari va JIDUning barcha kafedralari oldida turgan qisqa muddatli va uzoq muddatli vazifalarga to‘xtaldi.

    Shu bilan birga, yoshlarni zamonaviy dunyoqarashga ega yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan siyosatni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

    Ma’ruzachi O‘zbekiston Prezidenti parlament diplomatiyasini davlat tashqi siyosatining muhim vositasi deb ataganini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, u xalqaro hamkorlikni kengaytirish va eng yaqin qo‘shnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

    Davlatimiz rahbarining Tashqi siyosat konsepsiyasining yangi tahririni qabul qilish zarurligi to‘g‘risidagi tashabbusiga to‘xtalib o‘tgan S.Safoyev mazkur muhim hujjatni tayyorlashga universitetning yetakchi olimlari ham o‘z hissasini qo‘shishi, shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlarni faol davom ettirishi kerakligini ta’kidladi.

    Rektor o‘z so‘zini yakunlar ekan, JIDU xodimlarini davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan muhim vazifalarni amalga oshirish, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichiga hissa qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqirdi.